Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi Shabon Nabiyev va boshqalar «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abrahmonov, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev, Buxoro hokimi Karim Kamolov, bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov, Qo‘qon hokimi Maruf Usmonov va Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Xidoyatov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Namangan hokimi Shavkat Abdurazaqov, Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a hokimi Seydamat Avezov, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov, Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi Rahimjon Boboyev, Andijon viloyati Shahrixon tumani hokimi Hikmatullo Dadaxonov, Buxoro viloyati Peshku tumani hokimi Amrillo Nazarov, Namangan viloyati Chust tumani hokimi Bahodir Oxunov, Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Bog‘ot tumanlari hokimlari Jo‘rabek Rahimov va Oybek Xolboyev, Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev, Termiz hokimi Isroil Xudayberdiyev, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari hokimlari Shavkat Irgashev hamda Nozim Husanov, shuningdek O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sidiqov «Sobiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi.