Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 200 gektar maydonda golf o‘yini uchun majmua quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi Telegram-kanali hukumatning 27 avgustdagi qaroriga tayangan holda xabar qildi.

Loyihani amalga oshirish uchun Mirasmanda Golf Resort mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi. Majmua hududida golf bo‘yicha professional va xavaskor musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur MCHJ hali O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan.