So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududida Volgabo‘yidan kirib kelgan salqin ob-havo hukmronlik qildi. Havo harorati ushbu davr uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 3−5 daraja pastga tushib, kechasi +13…+18, kunduzi esa +25…+30 daraja atrofidagi tashkil etdi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

19 avgust kuni salqin havo oqimlari respublika hududini tark etishni boshladi. Yaqin kunlarda janubi-g‘arbiy havo oqimlari ob-havoga o‘z ta’sirini o‘tkazib, haroratining ko‘tarilishiga olib keladi. Biroq juda yuqori ko‘tarilish kutilayotgani yo‘q.

Ushbu kunlarda harorat o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2−3 daraja yuqori bo‘lib, kechasi +15…+20, kunduzi esa +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi.