O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov kuni kecha Anahaymdagi UFC 241 turniriga tashrif buyurdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Mahmud u yerda sobiq UFC chempioni Toni Fergyuson va promoushen prezidenti Dana Uayt bilan ham ko‘rishgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi videoga ko‘ra, Mahmud Uaytning oldiga boradi. Dana Uayt esa unga javoban «Biz bilamiz, biz bilamiz» dedi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Muradov Floyd Meyvezer bilan shartnoma imzolagani va u yaqin orada UFCda debyut qilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.