Amerikaning Konnektikut shtatida yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Rahmatov «Islom davlati"ga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadidagi fitnada o‘zini aybdor ekanini tan oldi, deya xabar qildi RIA Novosti AQSH Adliya vazirligiga tayangan holda.

Ayblov ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli Azizjon Rahmatov ishning yana bir ishtirokchisi — Qozog‘iston fuqarosi Ahror Saydahmetovga ID tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etishi uun Suriyaga borish xarajatlarini qoplash maqsadida 400 dollar pulni yuboradi.

IDni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi 2015 yilda boshlangan ish bo‘yicha jami besh kishi tergov qilinmoqda.

Ahror Saydahmetov va o‘zbekistonlik Abdurasul Jo‘raboyev allaqachon 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi, Azizjon Rahmatovni xuddi shunday muddat kutmoqda.