«Jukovskiy — Simferopol» yo‘nalishida parvozni amalga oshirayogan «Ural havo yo‘llari» aviakompaniyasining A321 samolyoti 15 avgust kuni ertalab Moskva viloyatida avariyaviy qo‘ndirildi, deya xabar qildi Rosaviatsiya matbuot xizmati. Havo kemasi bortida 226 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bor edi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, layner havoga ko‘tarilganidan so‘ng dvigateliga qush kirib ketishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Ekipaj samolyotni qo‘ndirishga qaror qilgan.

Samolyot «Jukovskiy» aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagidan bir kilometrdan uzoqroq masofada makkajo‘xori maydoniga qo‘ndirildi. Qo‘nishdan avval shassilar yopilib, dvigatellar o‘chirildi.

Yo‘lovchilar shishirilgan avariyaviy trap orqali evakuatsiya qilindi, ularning bir qismi Jukovskiy shahar shifoxonasiga, qolganlari esa aeroportga jo‘natildi. RIA Novostining xabar qilishicha, 23 kishi, jumladan homilador ayol va to‘qqiz bola shifoxonaga yotqizildi.

Hodisani tergov qilish uchun Rosaviatsiya vakillari ishtirokida maxsus komissiya tuzildi. Tergov qo‘mitasi Jinoyat kodeksining havo transporti harakati xavfsizligi va undan foydalanish qoidalarining buzilishi bo‘yicha moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.