13 avgustdan O‘zbekistonning shimoliy qismlariga, so‘ngra butun mamlakat hududiga Volgabo‘yi mintaqasidan salqin havo oqimlari kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Antitsiklon ta’sirida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklarsiz ob-havo hukmron bo‘ladi. Faqatgina respublikaning tog‘li hududlariga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechasi +15…+18, kunduzi esa +25…+28 darajagacha tushadi. Ushbu harorat ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 5−8 daraja pastroqdir, deya qayd etdi sinoptiklar.

13−15 avgust kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi. Bunday salqin ob-havo 16 avgustga qadar saqlanib qoladi.

Antitsiklon chekinganidan so‘ng havo harorati oshishni boshlaydi va kechasi +18…+20, kunduzi — +32…+35 darajaga qadar ko‘tariladi.