Toshkentda juma kuni Gastro Bazaar gastronomik festivali ish boshladi. Tadbir O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda poytaxt hokimligi tomonidan tashkil etildi.Festival 11 avgustgacha Sayilgoh ko‘chasidan 11:00 dan 23:00 ga qadar davom etadi. Tashrif buyuruvchilar milliy taomlardan tatib ko‘rib, jahon xalqlari oshxonalari bilan tanishishlari mumkin. Tadbirda restoran biznesining mahalliy brendlari ham ishtirok etmoqda.

Festivalga kirish bepul.