Azamatov Sheroz Etiborovich Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib Zarnews.uz xabar berdi.

Sheroz Azamatov bugunga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.