«Uzautotrans Servise» korxonasi Toshkent va Navoiy shaharlari o‘rtasida muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qatnov «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshiriladi. Chiptalar oldindan sotib olinishi yoki band qilib qo‘yilishi mumkin.

Mazkur yo‘nalish masofasi 495.1 kilometrga teng bo‘lib, qatnovlar soat 8:30 da va 14:00 da amalga oshiriladi.

Ushbu yo‘nalishda chipta narxi 50 000 so‘m etib belgilangan.