2019 yil 13 iyul kuni tush paytida Mirzacho‘l tumani 2-son Yong‘in qutqaruv bo‘limiga, Mirzacho‘l tumani «Bog‘bon» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan o‘tish ko‘prigining damba ichiga odam tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda Jizzax viloyati FVB YOXB bosh mutaxassisi, serjant M.Abduxalilovning maqolasida so‘z boradi.

Shundan so‘ng, Mirzacho‘l tumani YOXB boshlig‘i leytenant A.Boboyorov zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, suvning ichida chiqish imkoniyati yo‘q holatda turgan ikki nafar farzandning otasi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro G‘ayrat Jumaboyev turmush o‘rtog‘i bilan gilam yuvish maqsadida ushbu joyga borib bexosdan suvga tushib ketishi oqibatida dambadan o‘tib ketib ko‘prik tagiga qamalib qolganligi sababli suvdan chiqolmay qolgan.

Olib borilgan tezkor xarakatlar natijasida dambani yopib odam sig‘adigan joy ochib fuqaro Jumaboyev G‘ayrat Shodiyevichni tepaga arqon orqali extiyotkorlik bilan chiqarib olingan va shu yerning o‘zida birinchi yordam ko‘rsatgan.

Tuman Tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan G‘.Jumaboyev o‘zi yaxshi his qilmoqda.