Jahon banki O‘zbekistonning Fides Solutions kompaniyasi va fuqaro Ravshan Rizametovni bank tomonidan moliyalashtiriladigan loyihadan uch yil muddatda shartli chetlashtirish shaklidagi jazo chorasini qo‘lladi, deyiladi JB saytida.

Fides Solutions va Ravshan Rizametov oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida bo‘lg‘usi shartnomaning imzolanishiga ta’sir ko‘rsatishga urinib, Jahon banki xodimiga qimmatbaho buyum (aniq ma’lum qilinmagan — tahr.) taklif qilgan holda korrupsion amaliyot bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.

Fides Solutions va Ravshan Rizametov belgilangan muddatlarda Jahon banki bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh va javob bermadi, shu bois jazo chorasi to‘g‘risidagi qaror so‘zsiz qabul qilinib, 17 iyuldan kuchga kirdi, deyiladi xabarda.

Shartli jazoga tortilgan sub’ektllar Jahon banki Guruhi tomonidan moliyalashtiriluvchi tenderlarda yana qatnashish uchun kelishilgan shartlarni bajarishi lozim.