Rossiyada 2022-yildan qog‘oz ko‘rinishidagi an’anaviy pasportlarni berish to‘xtatilib, ular o‘rniga elektron pasportlar taqdim etiladi. Yangi hujjatda yashash joyi ma’lumotlari, sug‘urta hisobi, haydovchilik guvohnomasi raqamlari hamda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yozilgan bo‘ladi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar qildi.

Elektron pasportlarni berish bo‘yicha tajriba loyihasi 2020-yil iyulidan boshlanadi. Elektron pasport chipli plastik karta ko‘rinishida hamda smartfondagi mobil ilova ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Birinchi bosqichda yangi formatdagi hujjatlarni elektron xorijga chiqish pasportlarini tarqatish shoxobchalarida tarqatiladi. So‘ngra ushbu imkoniyatni ko‘p tarmoqli markazlarda joriy etish rejalashtirilmoqda.