Toshkentda Osiyo karate federatsiyasining 14-kongressi o‘tkazildi. Mazkur kongress doirasida tashkilot prezidentligi va Ijroqo‘m a’zoligi uchun saylovlar tashkil etildi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

O‘tkazilgan saylov natijasiga ko‘ra General Abdulrazzoq Nosir (BAA) tashkilot prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi Alamjon Mullayev Osiyo karate federatsiyasi Ijroqo‘mi a’zoligiga saylandi.