O‘zbekiston Milliy avikompaniyasi 26 iyuldan Qarshi — Moskva (Vnukovo) — Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni qayta tiklamoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Parvozlar haftada bir marta juma kunlari (shanbaga o‘tish bilan) A320 samolyotlarida amalga oshiriladi:

  • NY623. Qarshi 06:10 — Moskva 08:25
  • NY624. Moskva 20:25 — Qarshi 02:25

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Qarshidan Toshkent va Moskvaga parvozlarni 2018 yil qishgi mavsumda to‘xtatgan edi. Ushbu shahardan Moskvaga reyslar Rossiyaning «Uralskiye avialinii» va Nordwind Airlines aviakompaniyalari amalga oshirmoqda.