Joriy va kelgusi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘ylab jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Havo harorati 8−10 iyul kunlari kunduzgi soatlarda +37…+40 daraja atrofida, janub va cho‘l hududlarida esa +42 darajagacha issiq bo‘ladi.

Undan keyin esa havo harorati kechasi +24…+27 daraja, kunduzi — +39…+42 daraja, janub va cho‘l hududlarida kechasi +30…+32, kunduzi — +43…+44 darajagacha issiq bo‘lib, yoz o‘rtasi uchun ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 5−7 daraja yuqori harorat qayd etiladi.

Sinoptiklar 2018 yil iyulida O‘zbekistonning ko‘plab hududlari, shu jumladan Toshkentda meteorolik kuzatuvlar tarixida eng issiq harorat kuzatilganini esga oldi. Mamlakatning ayrim hududlarida yangi harorat rekordlari o‘rnatilgan edi.

Toshkentda o‘tgan yilning iyulida eng yuqori harorat +43 darajaga yetgan edi. Meterologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori havo harorati esa 1997 yilning 18 iyul kuni qayd etilgan. O‘shanda harorat +44,6 darajani tashkil etgan.