O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror 2019 yilning 5 iyul sanasida Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxs — norezident tomonidan tashqi savdo shartnomasi bo‘yicha debitor qarzdorliklarni so‘ndirish uchun ham naqd xorijiy valyutani qabul qilish mumkin.