3 iyul kuni «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, «Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan fuqarolar tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarida, murakkab va ziddiyatli holatlarda markaziy poliklinikalardan birida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ilgari tibbiy ko‘rikning barcha bosqichlari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkentda markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul o‘tkazilgan.