«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati shuni ma’lum qiladiki, Samarqand — Buxoro, Buxoro — Xiva kabi temir yo‘l uchastkalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi bunga sabab esa respublikada kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnadorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.