O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining internet tarmog‘idan foydalanishi, texnik xizmat ko‘rsatilishi va ulanishi hamda ularning serverlari TAS-IX tarmog‘iga joylashtirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ushbu topshiriq berildi.

TAS-IX — Toshkent internet aylanmasi nuqtasi 2004 yilda O‘zbekistonda xalqaro kanallardan foydalanmagan holda turli tarmoqlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish uchun tashkil etilgan.