O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Gulchehra Rixsiyeva Shavkatovna Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Gulchehra Rixsiyeva (1971 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat universitetini (1993) tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2019 yildan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.