«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov juma kuni Energetika vazirligida o‘tkazilgan brifingda jurnalistlarning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» bilan mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimni imzolashda milliy manfaatlar hisobga olinmagani haqida fikr bildirganidan so‘ng bitim qayta ko‘rib chiqiladimi, degan savoliga javob qaytardi.

Avvalroq O‘zbekiston qazib olingan gaz mahsulotni bo‘lib olish shartiga ko‘ra to‘liq eksport qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, uning bir qismini ichki bozorga olgani uchun «Lukoyl"dan 600 mln dollar qarzdor bo‘lgan xabar қилинганэди. Davlat rahbari O‘zbekiston bugun «Lukoyl"dan ichki bozor uchun ming kub metr gazni 146 dollardan sotib olib, aholiga 40 dollardan sotayotganini ma’lum qildi.

«Bugungi kunda „Lukoyl“ nafaqat neft-gaz sohasi, balki O‘zbekistonda ham eng yirik investor hisoblanadi. Investitsiyalar hajmi 7 mlrd dollardan oshadi, aniqroq aytganda uglevodorod xom ashyosini qazib olish, u yerdan olingan tabiiy gazni tayyorlash uchun gaz-kim majmuasini qurish loyihalari doiralarida 7,4 mlrd dollar sarflandi», — dedi Bahodi Sidiqov.

U O‘zbekistonning «Lukoyl» oldidagi qarzi bir yilda paydo bo‘lmaganini ta’kidladi: «Biz uch yildan beri «Lukoyl"dan olayotgan tabiiy gazni ichki bozorga sotayapmiz. Bu ham aholida, ham mamlakatimizning rivojlanishi bilan yangidan tashkil etilayotgan korxonalar tomonidan tabiiy gaz iste’moliga bo‘lgan talabning ortishi bilan bog‘liq», — dedi u.

«Bunday formatda tuzilgan bitim davlat manfaatlariga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q, degan narsa bo‘lmaydi, — dedi „O‘zbekneftgaz“ rahbari. — Hozirda shakllangan qarz „Lukoyl“ bilan mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi shartnoma doirasidagi loyihalar bo‘yicha uch oylik qazib olingan hajmga teng. Bizda mazkur qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar bor. Biz bugun „Lukoyl“ bilan mazkur qarzdorlik qismini restrukturizatsiya qilish va kelgusi davrlarda uni to‘lash bo‘yicha kelishuvimiz bor».

Bahodirjon Sidiqovning fikricha, bitim milliy manfaatlarga mos keladimi, degan savolni berish noto‘g‘ri, chunki bugun «Lukoyl» bilan mahsulotni bo‘lib olish bo‘yicha kelishuv doirasidagi davlat daromadi 3,5 mlrd dollarni tashkil etmoqda. «Ya’ni, davlat soliqlar, foydali mahsulotlar ulushini taqsimlash ko‘rinishida o‘z ulushini olmoqda», — deya izoh berdi «O‘zbekneftgaz» rahbari.