Yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Radzivil Fransiyanining Monjeron shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda zafar quchdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

«Per de Kuberten» stadionida kechgan musobaqada Radzivilning qayd etgan natijasi 1.91 metrni tashkil etdi.

Musobaqada boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi Nadiya Dusanova ham ishtirok etib, 1.89 metr natija qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Dusanova kuni kecha Polshadagi musobaqada g‘olib bo‘lish uchun 1.86 metr kifoya qilgan edi.