O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Misr qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligining Markaziy o‘simlik karantini boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistonda yetishtirilgan sarhil uzum va gilos mevalarini xalqaro fitosanitar talablariga rioya qilgan holda eksport qilish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.
Unga ko‘ra gilos va uzum eksport qilishning tartib-qoidalari tasdiqlandi.
Jumladan, endilikda o‘zbekistonlik eksportchilar:
— Misr Arab Respublikasining Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligining o‘simliklar karantini bo‘yicha Markaziy Administratsiyasiga mahsulot haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan onlayn ariza yuborish (ippc@capq.gov.eg manziliga);
— fitosanitar sertifikatning «Qo‘shimcha deklaratsiya» grafasini ingliz tilidagi quyidagi jumlalar bilan to‘ldirish «The consignment was inspected and found free from quarantine pests of the ministerial decree No. 562/2019»;
— eksport mahsulotini fitosanitar sertifikatda belgilab qo‘yilgan, maxsus ro‘yxatga olingan sexda qadoqlash kabi asosiy fitosanitar talablarga amal qilgan holda Misr xalqiga o‘z mahsulotlarini yetkazib berishi mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha qilish joizki, sarhil uzumni ekspertga tayyorlash jarayonida mahsulot belgilangan harorat va shartlarda 8−16 kun mobaynida qayta ishlovdan o‘tishi zarur.