Fransiya Qurolli kuchlari delegatsiyasi «Forish» tog‘ o‘quv markazida «Snayperlik kundaligi» dasturi bo‘yicha uch bosqichli mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda, deya xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Birinchi bosqichda snayperlar nishonga aniq urish ishida nazariy tayyorgarlik olishdi. Ikkinchi bosqichda harbiy xizmatchilar bir oy davomida uzoq masofadagi nishonlarni mo‘ljalga olish bo‘yicha mashq qildi. uchinchi bosqichda esa qatnashchilar pedagogika bo‘yicha bilimlarni olmoqda. Yaxshi natijalar qayd etgan snayperlar instruktor maqomiga ega bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar real harbiy holatga imkon darajasida yaqinlashtirilgan sharoitlarda olib borilmoqda. Snayperlar harakatlanayotgan avtomobil, bino devorlari ortidan, daraxtlar orqasidan, ko‘rish darajasi yomon bo‘lgan tog‘ sharoitlarida nishonga olishni o‘rganmoqda.