8−10 iyun kunlari Buxoro shahri kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan Bohouddin Naqshband xalqaro xotira turniriga mezbonlik qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

3 kun davom etgan turnirda 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod polvonlar ishtirok etishdi. Kecha musobaqaning ikkinchi kun doirasida ham bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

Quvonarlisi, ushbu kun bahslarida ham O‘zbekiston terma jamoasi vakillari o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib, barcha bosh sovrinlarni yurtimizda olib qolishdi. E’tiboringizga musobaqaning so‘nggi kunida shohsupaga ko‘tarilgan kurashchilar ro‘yxatini havola qilamiz:

-73 kg:

1. O‘rol Sodiqov (O‘zbekiston)

2. Muhammad Temirov (Turkmaniston)

3. Ma’ruf G‘aybullayev (O‘zbekiston)

3. Zarafshon Temirov (Tojikiston).

-81 kg:

1. Sarvar Shomurodov (O‘zbekiston)

2. Omid Taztak (Eron)

3. Haqnazar Nazarov (Tojikiston)

3. Madiyor Erkinov (O‘zbekiston).

+100 kg:

1. Muhsin Hisomiddinov (O‘zbekiston)

2. Dadaxon Qurbonaliyev (Tojikiston)

3. Boltaboy Boltayev (O‘zbekiston)

3. Axan Faroush (Eron).

-63 kg:

1. Shahnoza Bozorova (O‘zbekiston)

2. Suhanobonu Shayx (Hindiston)

3. Zarnigor Odilova (O‘zbekiston)

3. Chia Lin Liu (Xitoy Taipeyi).

-78 kg:

1. Pokizaxon Kamoliddinova (O‘zbekiston)

2. Mereke Ayala (Qozog‘iston)

3. Sadoqat To‘rayeva (O‘zbekiston)

3. Chia Jing Kao (Xitoy Taipeyi).