«Business city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq, hududiy hokimliklar tuman va shaharlarda «Business city» markazlarini tashkil etish taklifini hukumatga kiritadi.

Hukumatning tegishli kotibiyati 10 kunda manfaatdor organlar bilan taklifni o‘rganib chiqadi va bosh vazirga axborot kiritadi.

Hukumatning ijobiy xulosasi asosida hududiy hokimliklar 3 kunda «Business city» markazlarini qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil qiladi.

Direksiya «Business city» markazlarida investorlarning eng yaxshi takliflarini joylashtirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Takliflari qabul qilingan investorlar bilan bitim tuziladi va loyiha amalga oshiriladi.