2019 yil 4 iyun kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasidan firibgarlik bilan bog‘liq hujjat kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Chilonzor tumanida yashovchi 47 yoshli «Qorakalpog‘iston dorivor o‘simliklar» MCHJ rahbari R.D., «Tehg-rash» MCHJ rahbari L.S.ning pullarini konvertatsiya qilib berishni aytib, aldov yo‘li bilan undan 1 milliard 80 million so‘m olgan va bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘zlashtirib yuborgan. Ko‘rilgan choralar natijasida R.D. qo‘lga olingan.