Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 2019 yil 27 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Qushxona mahallasida yashovchi Z.E.ning uyi yerto‘lasidan 90 million so‘m puli va 500 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 19 yoshliklar Bo‘ston mahallasida yashovchi Sh. A., Qushxona mahallasida yashovchi J.X., Xabarlik mahallasida yashovchi M.O‘., Xo‘jaxuroson mahallasida yashovchi D.R. va Xo‘jaxuroson ko‘chasida yashovchi A.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.