Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu sud majlisida taqiqlangan diniy mavzudagi materiallarni tarqatgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi raisi Jamolbek Jumaniyozov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, sudlanuvchi A. Asqarov (ism-shariflar o‘zgartirilgan), 2018 yilning iyun-iyul oylari davomida Buxoro viloyati Shofirkon tuman «Bobur» maxalla fuqarolari yig‘inining «Pulbandi» qishlog‘idagi yashash uyida o‘ziga tegishli bo‘lgan «SAMSUNG GALAXY S4» rusumli uyali aloqa telefoni orqali o‘zining telefoniga telegram messenjeridagi akkauntiga «Bobur» nomi bilan ulangan.

So‘ngra «Jihodchilar» diniy ekstremistik tashkiloti tomonidan tayyorlangan Abduvali qori Mirzayevning «Anfol» surasining tafsiri, «Badr» jangi, islom shariati, namoz, axloq-odob va shirk amallari to‘g‘risidagi ma’ruzalari, shuningdek no’malum shaxs tomonidan ular faoliyat olib borayotgan yerlarga kelish, kofirlar faqat juzya to‘lash orqali xayot kechirishlari, ularning bayroqlarini baland qilish kabi mavzuda kuylangan qo‘shiqlarni «Google» tarmog‘i orqali yuklab olib, ularni eshitib, o‘zining uyali aloqa telefonida kelgusida tarqatish maqsadini ko‘zlab saqlab kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 yanvardagi 10-sonli qarori bilan tasdiqlangani, «O‘zbekiston Respublikasi xududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 18-bandi talablariga zid ravishda, 1992 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan fuqaro A. O. ning telefon raqamiga «A. O.» nomi bilan ochilgan telegram messenjeridagi akkauntiga ushbu ma’ruzalarni tarqatgan.

Shundan so‘ng, A. O. Fuqaro A. Asqarovning yuqoridagi noqonuniy harakatlari yuzasidan unga qonuniy chora so‘rab, 2018 yil 20 iyulda DXX Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. A. Asqarov bilan telegram messenjerining akkauntidagi yozishmalari mavjud bo‘lgan «SAMSUNG Duos» rusumli uyali aloqa telefonini taqdim etib, shu asosda A. O. va A. Asqarovlar o‘rtasida telegram messenjeri orqali olib borilgan yozishmalar mutaxassis yordamida SD-R kompakt diskga ko‘chirilib, ekspertizaga taqdim etilgan.

Sud yuqoridagi jinoyatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2441-moddasi 3-qismining «g» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va ularga yuqoridagi modda sansiyasi bo‘yicha jazo tayinladi.