Navoiy viloyatining 3 ta davlat soliq inspeksiyasida yangi rahbarlar ish boshladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

Nurmatov Husniddin Nasriddinovich — Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

H.Nurmatov 1976 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2007 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Shu kungacha esa, u Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ahmedov Alisher Suvonovich — Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A.Ahmedov 1981 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2010 yili Navoiy davlat pedagogika institutini, 2012 yili Soliq akademiyasini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar u Navoiy viloyati Navbahor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shodiyev O‘tkir Ne’matovich — Uchquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

O‘.Shodiyev 1970 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1994 yili Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasi Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. U yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Navoiy viloyati Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.