Markaziy bank siyosiy kun tartibidan qat’i nazar, pul-kredit maqsadlarini belgilashda mustaqil bo‘lishi kerak. Bu haqda 16 may kuni Ostona iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard ma’lum qildi.

Avvalroq XVJ ijro kengashi O‘zbekiston bilan maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha hukumatni Markaziy bankka ko‘proq mustaqillik berishga chaqirgan edi.

«Qoidaga ko‘ra, biz XVJda markaziy banklarning mustaqil bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu bankning o‘z vazifalari, o‘z mandatini belgilashi, parlamentga hisobdor bo‘lishi, biroq qandaydir muayyan siyosiy kun tartibining asiri bo‘lmasligini anglatadi. [Bankning] monetar siyosatni belgilovchi o‘z ob’ektiv mezonlari bo‘lishi kerak», — dedi u.

Kristin Lagard mamlakat rahbariyati almashganidan so‘ng O‘zbekistonda amalga oshirilgan va ko‘zda tutilayotgan keng miqyosli islohotlarga ijobiy baho berdi.

U yaqinda Xitoyda «Bir kamar, bir yo‘l» xalqaro forumida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘plab yo‘nalishlar, jumladan davlat moliyasi, qarzlarni boshqarish, bank nazorati va boshqalar bo‘yicha yaqin hamkorligi mamlakat va jamg‘armaning yaqin hamkorligi qayd etilganini eslatib o‘tdi.

Kristin Lagard 17 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.