O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16 may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif chog‘ida avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.