Fransiyaning Vinci qurilish kompaniyasi Toshkentda ko‘priklar va mehmonxonalar qurilishida ishtirok etish maqsadida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda MEDEF International o‘zbek-fransuz ishbilarmonlik kengashi delegatsiyasining poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashuvida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Toshkent ma’muriyati matbuot xizmati.

Uchrashuvda Fransiyaning 30 dan ortiq kompaniyalari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Suez, Sade va BRL Ingenierie vakillari ichimlik, oqova va sug‘orish suvlarini yetkazib berish uchun texnologik yechimlarni taqdim etdi.

Axborot texnoloiyalarni joriy etish, kommunikatsiya, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.