Turkiya atom energiyasi nazoratchisi — Turkey’s Atomic Energy Authority (TAEK) — Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi qurayotgan «Akkuyu» atom eyektr stansiyasi poydevori betonida ikki marta yoriqlar paydo bo‘lganini aniqladi, deya xabar qildi RBK Turkiyaning Haber Turk nashriga tayangan holda.

TAEK poydevor betonidagi birinchi yoriqni o‘tgan yilning iyulida aniqlagan edi. Shundan so‘ng «Rosatom» betonni qaytadan quydi, biroq nazoratchi yangi yoriqni aniqladi. Rossiya kompaniyasi yana betonni almashtirishga majbur bo‘ldi. shundan so‘ng 2018 yil sentyabrida AES qurilishida yangi pudratchi, 50 foizi «Rosatom"ga tegishli bo‘lgan «Konsern Titan-2» kompaniyasi paydo bo‘ldi. Biroq o‘shanda pudratchining almashtirilishiga poydevordagi yoriqlar sabab bo‘lgani xabar qilinmadi.

«O‘tgan yildagi yoriqlar beton aralashmasini tanlash vaqtida, ya’ni beton sinov maqsadida quyilganda aniqlangan edi. Aralashmani tanlash bosqichida yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, bu me’riy ishchi holat», — deya tushuntirish berdi RBKning «Rosatom"dagi axborot manbasi. U natijada yorilmaydigan aralashma tanlanganini qo‘shimcha qildi.