14 may kuni tog‘ kurortlarini loyihalashtirish, qurish va boshqarish bo‘yicha jahon darajasidagi ekspertlar — Joan Viladomat (Joan Viladomat — Andorra) va Klod For (Claude Faure — Fransiya) amaliy tashrif bilan Toshkent viloyatida barpo etilayotgan barcha mavsumbop “Amirsoy” tog‘ kurortiga keladi.

Yevropadagi yirik “Grandvalira” tog‘-chang‘i kurorti egasi va bizning tog‘larimizda jahon darajasidagi “Amirsoy” kurortining bosh pudratchisi — “PGI Management” kompaniyasining o‘rindoshlik asosidagi prezidenti Joan Viladomat O‘zbekistonga birinchi marotaba tashrif buyurayotgani yo‘q.


Janob Viladomat boy tarixiy merosimiz, mehmondo‘stligimiz va O‘zbekistonning ulkan turistik salohiyati bilan yaqindan tanish. Bu safar u O‘zbekistonga hamkasbi, mashhur “Kurshevel” (Courchevel) fransuz kurorti sobiq prezidenti Klod For hamrohligida tashrif buyuradi. “Kurshevel” fransuz Alp tog‘laridagi eng ommabop kurortlardan biri ekanini eslatib o‘tish joiz.

Klod For 13 yildan ortiq vaqtdan buyon “Kurshevel” kurortini o‘z ichiga olgan “Uch vodiy” (Trois Vallées) birlashgan uchish zonasini boshqarib keladi. Tog‘-changi kurortlarining barcha reytinglarda eng yetakchi uchlikka kiruvchi bunday ulkan dam olish zonasini boshqarish, keng miqyosli tog‘-chang‘i kurortlarini ishlab chiqish, rejalashtirish va ilgari surishda katta tajriba talab etiladi. Bosh direktor lavozimiga tayinlanguniga qadar Klod For Fransiya hukumatida atrof-muhit va Yevropa ishlari masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


Joan Viladomat va Klod For tashrifidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston uchun betakror bo‘lgan zamonaviy barcha mavsumbop “Amirsoy” tog‘ kurortining loyihasi, uning qurilish jarayoni, “Chorvoq” erkin turistik zonasi doirasida kelgusi rivojlanishning istiqbolli rejalari, Osiyo va jahon reytinglarida O‘zbekiston tog‘-chang‘i industriyasining tan olinish imkoniyatlari bilan tanishishdan iborat.

Bundan tashqari, Joan Viladomat va Klod For qurilish maydonchasidagi joriy vaziyatga o‘z baholarini beradi, tog‘ chang‘isi va snoubording bo‘yicha bolalar sport maktabini tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va aholi o‘rtasida tog‘da faollikning hammabop turlari bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Amaliy uchrashuvlardan tashqari, delegatsiya a’zolarining respublikaning turistik markazlari — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrifi rejalashtirilgan.


“Amirsoy” barcha mavsumbop tog‘ kurorti haqida axborot:

  • Kurort Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining eng go‘zal va xushmanzara joyidagi 900 gektar maydonda, Tyan-Shan tog‘lari g‘arbiy qismining “Chotqol” tizmasi etaklarida, Toshkentdan bor-yo‘g‘i 65 kilometr uzoqlikda joylashgan;
  • Loyiha mamlakatimizda turizm va sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, uning ro‘yobga chiqarilishini bevosita O‘zbekiston hukumati muvofiqlashtirib turibdi;
  • Loyihani boshqarish tog‘ majmualari biznes jarayonlarini boshqarish sohasidagi yetakchi jahon kompaniyasi — “PGI Management” (Andorra)ga ishonib topshirilgan. Uning hisobida Fransiya, Ispaniya, Hindiston, Argentina, Turkiya, Ummon, Sloveniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardagi ko‘plab yirik loyihalar mavjud;
  • “Amirsoy” tog‘ kurorti to‘liq ishga tushirilgach, tezkor dor ko‘targichlari, sun’iy qor hosil qilish tizimi, murakkablikning barcha darajalaridagi tog‘-chang‘i trassalarining keng ko‘lamli tizimi, ko‘p vazifali markazlar, barcha qulayliklarga ega shale va otellar, restoran va barlar, bolalar va kattalar uchun faollikning xilma-xil turlari, hammom majmuasi, eko-marshrutlar, kemping uchun zonalar va ko‘plab boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladigan zamonaviy yozgi va qishki infratuzilmaga ega bo‘ladi;
  • Loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston, Andorra, Turkiya, Argentina, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Belarusdan mutaxassislar jalb qilingan.


Reklama huquqi asosida.