Adliya vazirligi joriy yilning 10 maydan — 30 iyun kuniga qadar fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish bo‘yicha aksiya e’lon qiladi, deya xabar qildi Adliya vazirligining Telegram-kanali.

Xabarda fuqarolar uchun quyidagi savollar berilgan:

  • Sizning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlaringiz buzilyaptimi?
  • Turar joyingiz qonunga xilof ravishda buzildimi?
  • Buzilgan imoratingiz uchun kompensatsiya to‘lanmayaptimi?
  • Sizga taklif etilgan kompensatsiya turi sizni qoniqtirmayaptimi?
  • Ko‘chmas mulkka nisbatan egalik huquqini ololmayapsizmi?

Adliya vazirligi fuqarolarni o‘z huquqlarini himoya qilishlari uchun quyidagi havola orqali murojaatlarini yuborishga chaqirdi.