Samarqand shahrida viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga 80 ta nogironlik aravachasi, 80 ta eshitish moslamalari va 80 ta boshqa reabilitatsiya vositalari topshirildi. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.

Joriy yilning birinchi choragida 229 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar ishga joylashtirilgan. 120 nafari 1 dekabrga qadar arzon uy-joy bilan ta’minlanadi. 804 nafar boquvchisini yo‘qotgan onalar hamda 1511 nafar to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan bolalarga moddiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 533 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.