Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filiali talabasi M.A. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 4000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.