Markaziy Osiyoda narkotrafik va terrorizmga qarshi kurash kollektiv sa’y-harakatlarni talab qiladi, shu munosabat bilan Markaziy Osiyo narkotik vositalar, psixotrop moddalar ularning prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy axborot koordinatsion markazining SHHTning Mintaqaviy antiterror tuzilmasi bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish talab etiladi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvidagi nuqtida ma’lum qildi.

2−3 may kunlari Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda mintaqa va Rossiya tashqi ishlar vazirlari, shuningdek BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, AQSH Davlat departamenti, Yevropa Ittifoqi va YeHXT vakillari ishtirok etdi.

«Yaqin istiqbolda narkotiklar kontrabandasiga aloqador transmilliy tuzilmalarning faol a’zolariga nisbatan Markaziy Osiyo davlatlari va hamkorlarining vakolatli organlari o‘rtasida muntazam tezkor axborot aylanishini chuqurlashtirishni eng muhim vazifalardan deb hisoblaymiz», — dedi Sergey Lavrov.

Yana bir muhim yo‘nalish jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini qonuniylashtirish bilan shug‘ullanuvchi narkotuzilmalar faoliyatiga barham berishda amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

«Bu narkodaromadlar hisobidan terrorizmni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlar manzarasida yanada dolzarblashadi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Sergey Lavrov «yengil narkotiklar» deb ataluvchi vositalarni qonuniylashtirayotgan mamlakatlar soni ortib borayotgani va xalqaro antinarkotik konvensiyani tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.