Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi turli norasmiy manbalarda oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabarlarni rasman rad etdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga 2019/2020-o‘quv yili uchun qabul jarayoni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qabul to‘g‘risidagi qarori asosida qabul rejalari tasdiqlangan kundan boshlanadi.

Oliy ta’lim tizimiga oid eng so‘nggi va rasmiy axborotlar bilan bevosita vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtmoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishish mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.