24 aprel kuni Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Ilgari mazkur litsenziya 5 yil muddatga berilgan.

Elatib o‘tamiz, litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim qilinadi.