Amaliy tashrif bilan Xitoyga tashrif buyurgan O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24−27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida mamlakatlar hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, Belarus Respublikasi prezidenti, Tojikiston Respublikasi prezidenti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Prezident «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.