Tailand poytaxti Bangkokda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida bugun final bahslari boshlandi. O‘zbekistonlik bokschilardan birinchi bo‘lib Nodirjon Mirzahmedov ringga ko‘tarildi.

Qirg‘izistonlik Mirlan Turkbai Uuluga qarshi jang o‘tkazgan Nodirjon g‘alaba qozongan holda, O‘zbekiston terma jamoasining ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun shuningdek chna to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.