O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Aminmanki, an’anaviy do‘stlikka, ikki tomon uchun foydali hamkorlikka hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston — Ukraina munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada izchil rivojlanadi», — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning maktubida.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchilik va farovonlik tiladi.