Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. 3 xatlab sakrash sektorida startga chiqqan Rio olimpiadasining ishtirokchisi Ruslan Qurbonov 16.93 metr natija qayd etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Hech bir sportchi uning natijasini qaytara olmadi va Ruslan ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston yengil atletikasi tarixida birinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.