19−21 aprel kunlari Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining uchinchi bosqichiga mezbonlik qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik qizlar guruh bahslarida (5 ta to‘p, 4 ta bulava va 3 xalqa) 44.300 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada mutlaq ustunlik kutilganidek, rossiyalik gimnastikachilar tomonda bo‘ldi — 50.300 ball. Kuchli uchlikni esa ukrainalik qizlar yakunlab berdi (42.600 ball).

Ta’kidlash joiz, bu o‘zbekistonlik gimnastikachilar uchun jahon kubogining ushbu yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan dastlabki medal bo‘ladi.

Badiiy gimnastika. Jahon kubogi bosqichi. Toshkent.

Guruh bahslari.

1. Rossiya — 50.300 ball

2. O‘zbekiston — 44.300

3. Ukraina — 42.600

Shuningdek, qolgan yo‘nalishda ham o‘zbekistonlik qizlar yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritish bilan birga, jahon reytingi uchun muhim ochkolarni ham jamg‘arishdi.