20 aprel kuni 5:09 da Qog‘ozistonning Jambil viloyati Korday tumanidan o‘tgan Chimkent-Olma Ota trassasining 181-kilometrida Van Hool (davlat raqami kz213ZSA) yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi va 29 kishi turli darajadalarda tan jarohatlari oldi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining mamlakatning Olma Otadagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, jarohat olganlarning yetti nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida hozircha axborot yo‘q.

Bosh konsulxona Qozog‘istonning Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departamenti bilan tezkor aloqa o‘rnatgan. Hodisa joyiga zudlik bilan bosh konsulxona xodimi yetib bordi.

Jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari O‘tror (besh nafari) va Korday (ikki kishi) shifoxonalariga yetkazilgan:

  • 1. Marhamat Jumaniyozova, 1996y. t., Xiva shahridan;
  • 2. Rohila Ahmetova, 1994;
  • 3. Shodlik Jabbarov, Xiva shahridan;
  • 4. Otabek Matjonov, 1985, Qoraqalpog‘istondan;
  • 5. Sardor Haydarov, 1994;
  • 6. Islomiddinov Abuxattar o‘g‘li, 1997;
  • 7. Zovodbek Muhammadjonov, 1999.

Tengrinews.kz avtobusning Toyota Camry va yuk mashinasi bilan to‘qnashganini ma’lum qildi. Avtobus haydovchisi to‘qnashuvdan qochishga harakat qilgani sababli avtobus ag‘darilib ketgan.