Ayni paytda Toshkent shahri va respublikaning 8 viloyatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi «Olmaota — Bishkek — Toshkent — Termiz» avtomobil yo‘li 865-kilometrining Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan Yallama ko‘prigida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu sababli respublikaning boshqa viloyatlaridan Toshkent shahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda.

Toshkent viloyati YHXB ma’lum qiladiki, «Olmaota — Bishkek -Toshkent — Termiz» avtomobil yo‘lining 871-kilometrida joylashgan ikkinchi darajali yo‘l orqali «Toshkent — Dushanbe» yo‘liga o‘tib Toshkent shahriga yetib olish mumkin.

Toshkent viloyati YHXB haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.