Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kun doirasida saralash bahslari o‘tkazilib, unda 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi Shunqor Abdurasulov, Bobo-Usmon Boturov va Yodgoroy Mirzayeva ringga ko‘tariladi. Ularning raqiblari bilan tanishing:

Erkaklar:

— 64 kg: Shunqor Abdurasulov — K. Al-Ezire (Iroq) (13:45)

— 69 kg: Bobo-Usmon Boturov — B.Ganbatar (Mo‘g‘uliston) (16:15)

Ayollar:

-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva — Krishmi (Shri-Lanka) (17:30).

Izoh: Bellashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan taxminan olingan bo‘lib, undan avvalgi bahslar tez yakunlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin.